Xitoylik investorlar bilan istiqbolli loyiha muhokama qilindi
2026-08-17 09:30:00 / Yangiliklar

Bugun Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov Xitoyning “JDB GROUP” kompaniyasi vakillarini qabul qildi.
Uchrashuvda tumanda xorijiy investitsiya hisobiga qimmatbaho metall rudalarini qazib olish loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Yakunda tuman hokimi mas’ullarga loyiha bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish, tegishli tashkilotlar bilan kelishuv ishlarini boshlash yuzasidan topshiriqlar berdi. Tomonlar mazkur istiqbolli loyihani amalga oshirishga qiziqish bildirganini ta’kidladilar.






