“Oʻzbekiston – Xitoy” investitsiya forumi doirasida muhim hamkorlik memorandumlari imzolandi
2026-08-15 09:00:00 / Yangiliklar

“Oʻzbekiston – Xitoy” investitsiya forumi doirasida Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov hamda tuman mas’ullari munosib ishtirok etdi.
Forum doirasida Sariosiyo tumanida sanoat, logistika va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida xitoylik investorlar bilan qator uchrashuvlar o‘tkazildi. Muzokaralar davomida umumiy qiymati 502 million AQSH dollariga teng bo‘lgan 9 ta investitsiya loyihasi bo‘yicha hamkorlik memorandumlari imzolandi.
Mazkur memorandumlar tuman iqtisodiyotini yanada rivojlantirish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish, zamonaviy xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini kengaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, eksport salohiyatini oshirish hamda aholi farovonligini yuksaltirish uchun mustahkam zamin yaratadi.








