Murojaatlar e’tibor markazida: shaxsiy qabullar izchil davom etmoqda
2026-08-10 08:05:00 / Furqarolar qabuli

Sariosiyo tumani hokimining o‘rinbosari Alisher Abduraxmanov tomonidan tuman Xalq qabulxonasida navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolarning uy-joy munosabatlari, bandlik, ijtimoiy yordam, davolanish uchun order hamda boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega masalalar bo‘yicha murojaatlari tinglandi. Har bir murojaat yuzasidan qonunchilik talablari asosida huquqiy tushuntirishlar berildi, joyida hal etish imkoni mavjud masalalar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.
Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar ijrosini ta’minlash uchun mas’ul tashkilotlar va mutasaddi rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi. Murojaatlarning o‘z vaqtida va qonunchilikka muvofiq hal etilishi yuzasidan ijro nazorati o‘rnatildi.



