“Yangi O‘zbekiston” qiyofasidagi Torttuli mahallasida vazifalar ijrosi muhokama qilindi
2026-08-10 08:10:00 / Tadbirlar

Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yoqubov va tuman prokurori B.Oltibayev Torttuli mahallasida bo‘lib, “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi doirasida avval berilgan topshiriqlar ijrosi hamda amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qildi.
Yig‘ilishda qurilish-ta’mirlash, obodonlashtirish va infratuzilma ishlarining borishi, shuningdek, hududni kompleks rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Mas’ullarga ishlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.




