Sariosiyo dehqon (oziq-ovqat) bozorida narxlarni yanada arzonlashtirish masalalari muhokama qilindi
2026-08-08 09:00:00 / Tadbirlar

Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov, tuman IIB boshlig‘i G‘.Xo‘jamqulov hamda tegishli mutasaddilar bilan birgalikda Sariosiyo dehqon (oziq-ovqat) bozorida bo‘lib, go‘sht, tuxum, kartoshka, shakar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini yanada arzonlashtirish, aholi uchun qulay sharoit yaratish masalalari ko‘rib chiqildi.
Mas’ullarga bozorda narx-navoni barqarorlashtirish, mahsulotlar mo‘l-ko‘lligini ta’minlash va aholiga hamyonbop narxlarda oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.









