🌍 30-iyul — Xalqlar do‘stligi kuni!
2026-07-30 08:00:00 / Sohaga oid nashrlar

Bugun mamlakatimizda Xalqlar do‘stligi kuni keng nishonlanmoqda.
O‘zbekiston azaldan turli millat va elat vakillari ahil va inoqlikda yashab kelayotgan, bag‘rikenglik va o‘zaro hurmat qadriyatlari yuksak e’zozlanadigan yurt hisoblanadi. Ana shunday muhit xalqimizning birdamligi va Vatanimiz taraqqiyotining muhim omilidir.
Sariosiyo tumani hokimligi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni Xalqlar do‘stligi kuni bilan samimiy muborakbod etadi!
Xonadonlaringizdan tinchlik va totuvlik, mehr-oqibat, fayz-u baraka arimasin. Yurtimizda do‘stlik, hamjihatlik va osoyishtalik hamisha barqaror bo‘lsin!
🎉 Bayramingiz muborak bo‘lsin!
