Mahalla yettiligiga dolzarb vazifalar yuzasidan aniq topshiriqlar belgilandi
2026-07-29 09:00:00 / Jonli muloqot

Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov rahbarligida mahalla yettiligi a’zolari hamda tegishli mas’ullar ishtirokida ZOOM platformasi orqali onlayn muloqot o‘tkazildi.
Muloqot davomida mahallalar kesimida belgilangan kunlik soliq tushumlari prognozi ijrosini ta’minlash, har bir mahallada namunali ko‘chalarni tashkil etish, "Ijtimoiy reyestr"ga kiritilgan 833 nafar fuqaro bilan manzilli ishlash, hokim yordamchilari va ijtimoiy xodimlar faoliyati samaradorligini oshirish, mikroloyihalarni o‘z vaqtida ishga tushirish hamda belgilangan vazifalar ijrosi tanqidiy-tahliliy ruhda muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida barcha yo‘nalishlarda ishlarni jadallashtirish, topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda belgilangan maqsad va ko‘rsatkichlarga erishish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.




