🏔 Sariosiyo tumani Yuqori To‘palang milliy tabiat bog‘i manzaralari.
2026-07-21 08:00:00 / Fotojamlanma
#fotojamlanma

Yuqori To‘palang milliy tabiat bog‘ining Tamshush bo‘limi — tabiatning betakror go‘shalaridan biri. Kishtut massivi ulug‘vor tog‘lari, musaffo havosi, yam-yashil vodiylari va so‘lim tabiat manzaralari bilan ajralib turadi. Bu maskan tabiat ixlosmandlari va sayyohlar uchun o‘ziga xos jozibador go‘shalardan sanaladi.



