Agrar sohadagi ustuvor vazifalar yuzasidan muhim topshiriqlar belgilandi
2026-07-20 07:25:00 / Qishloq va suv xo'jaligi

Bugun Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov tumanning G.Xidirov hududida qishloq xo‘jaligi sohasi mas’ullari hamda paxta-g‘alla fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda g‘o‘za parvarishidagi dolzarb masalalar, jumladan, chekanka, mahalliy o‘g‘it ishlab chiqarish, kultivatsiya, sharbat usulida sug‘orish, zarur agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish, shuningdek, zararkunanda va kasalliklarga qarshi suspenziyali ishlov berish masalalari muhokama qilinib, mas’ullarga aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Shuningdek, yo‘l bo‘yi hududlarini obodonlashtirish, dala chetlarini tozalash hamda sohaga oid ustuvor vazifalarni sifatli va belgilangan muddatlarda bajarish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar yuklatildi.






