Qishloq xo‘jaligida dolzarb vazifalar ijrosi va agrotexnik tadbirlar muhokama qilindi
2026-07-17 09:00:00 / Qishloq va suv xo'jaligi

Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov tumanning I.Diyorov hududidagi “Shaxzodjon Jumayev” fermer xo‘jaligida bo‘lib, paxta maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlar o’rganildi.
Shu yerning o‘zida qishloq xo‘jaligi sohasi mas’ullari hamda paxta-g‘alla fermerlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda g‘o‘za maydonlarida mineral o’g’itlar bilan oziqlash, chekanka qilish, kultivatsiya ishlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish va sug‘orish ishlarini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida mas’ullarning hisobotlari tinglanib, agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda sifatli amalga oshirish yuzasidan aniq vazifalar va tegishli topshiriqlar berildi.






