Xalq deputatlari Sariosiyo tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
2026-07-17 14:00:00 / Ochiq ma'lumotlar

Bugun Sariosiyo tumani hokimligi katta majlislar zalida tuman hududlaridan saylangan deputatlar, tashkilot rahbarlari va bo‘lim boshliqlari ishtirokida Xalq deputatlari Sariosiyo tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n yettinchi sessiyasi o‘tkazildi.
Kun tartibida deputatlar tomonidan 12 ta masala ko‘rib chiqilishi belgilangan bo‘lib, xususan, deputatlar kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan mas’ullarning axborotlari va hisobotlarini tinglab, har bir masala yuzasidan tegishli savollariga javob olishdi hamda tegishli qarorlar qabul qildi.
Xalq deputatlari Sariosiyo tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n yettinchi sessiya ishini Sariosiyo tumani hokimligining Instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali to‘liqligicha ko‘rib chiqishingiz mumkin.









