“Yangi O‘zbekiston” massivida Eko-bozor loyihasi qurilishi o‘rganildi
2026-07-14 09:00:00 / Qurilish masalalari

Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov, tuman prokurori B.Oltibayev hamda tegishli mas’ullar ishtirokida tumanning “Yangi O‘zbekiston” massivida barpo etilayotgan Eko-bozor loyihasi doirasidagi qurilish ishlarining borishi o‘rganildi.
O‘rganish davomida qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash, loyiha ijrosini jadallashtirish hamda aniqlangan masalalarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.






