Yoz mavsumida yong‘inlarning oldini olishga qaratilgan “Dolzarb 60 kun” profilaktik tadbirlari hamda Sariosiyo tumanida o‘tkazilgan Qo‘mondonlik-o‘quv shtab mashqi yakunlari muhokama qilindi
2026-07-11 09:00:00 / Tadbirlar

Sariosiyo tumani hokimligida Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Sh.Shukurov hamda Sariosiyo tumani hokimi – Fuqaro muhofazasi boshlig‘i Odiljon Yaqubov, tuman prokurori B.Oltibayev rahbarligida tegishli boshqaruv organlari, xizmatlar va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish avvalida yoz mavsumida yong‘inlarning oldini olishga qaratilgan “Dolzarb 60 kun” profilaktik tadbirining amalga oshirilishi, yong‘in xavfsizligini ta’minlash, profilaktik targ‘ibot ishlarini kuchaytirish hamda mas’ul tashkilotlar oldida turgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Shundan so‘ng, Sariosiyo tumanida o‘tkazilgan Qo‘mondonlik-o‘quv shtab mashqi yakunlari sarhisob qilindi. Unda o‘quv mashqlarining yuqori saviyada tashkil etilgani, barcha boshqaruv organlari, xizmatlar hamda kuch va vositalarning o‘zaro hamkorligi samarali yo‘lga qo‘yilgani, favqulodda vaziyatlarda tezkor va muvofiqlashtirilgan harakat qilish ko‘nikmalari yanada mustahkamlangani alohida ta’kidlandi.
Tadbir yakunida o‘quv mashqlarini namunali tashkil etish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish hamda faol ishtiroki bilan ajralib turgan bir guruh rahbar va xodimlar munosib taqdirlandi.









