Maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi
2026-07-09 09:00:00 / Ijtimoiy soha

Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov rahbarligida tegishli mutasaddilar, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari hamda maktabgacha ta’lim muassasalari mudiralari ishtirokida MTTlar faoliyati va tizimdagi dolzarb masalalarga bag‘ishlangan tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda maktabgacha ta’lim muassasalarida obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilash, aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, ta’lim sifati va ichki nazoratni kuchaytirish hamda MTTlar faoliyatiga oid belgilangan vazifalar ijrosi tanqidiy muhokama qilindi.
Shuningdek, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, ta’lim muassasalarida tartib-intizom va tozalikni doimiy nazoratga olish hamda belgilangan topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.









