Xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish va oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy uchrashuv o‘tkazildi
2026-07-10 09:00:00 / Tadbirlar

Sariosiyo tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-son qarori hamda PF–33-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tuman Madaniyat markazida uchrashuv va amaliy muloqot tashkil etildi.
Tadbirda viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, Sariosiyo tuman fuqarolik sudi, tuman IIB hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Unda mahallalardagi nizoli, notinch, ajrim yoqasidagi va sudda nizolashayotgan oilalarning muammolari atroflicha ko‘rib chiqilib, ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar belgilandi.
Uchrashuv yakunida 4 nafar xotin-qizning murojaati ijobiy hal etildi, 5 ta nizoli oila yarashtirildi, 6 nafar xotin-qizga huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatildi.
Shuningdek, Prezidentning PF–33-son Farmoni mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilib, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni barvaqt profilaktika qilish, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.






