“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi hamda samarali ish faoliyatini olib borgan yoshlar yetakchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
2026-07-01 08:00:00 / Yangiliklar

Sariosiyo tuman hokimligi katta majlislar zalida tuman hokimi Odiljon Yaqubov, tuman prokurori B.Oltibayev, tuman IIB boshlig‘i G‘.Xo‘jamqulov, Soliq inspeksiyasi boshlig‘i Sh.Qosimov boshchiligida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.
Uchrashuvda, yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning jamiyatda o‘z o‘rnini topishga ko‘maklashishda yoshlar yetakchilarining o‘rni ahamiyatli ekanligi ta’kidlandi.
Shuningdek, tumandagi 61 ta mahallada faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilarining faoliyati tahlil qilinib, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, yoshlarning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida erishilgan natijalar e’tirof etildi.









