Sariosiyoda Obizarang daryosi ustida aylanma yo‘l va yangi ko‘prik qurish ishlari olib borilmoqda
2026-06-22 16:50:00 / Qurilish masalalari

Sariosiyo tumanidagi Obizarang daryosi ustida joylashgan, M-41 “Bishkek – Dushanbe – Termiz” xalqaro avtomobil yo‘li yo‘nalishida aylanma yo‘l qurish ishlari hamda yangi ko‘prik qurish loyihasi amalga oshirilmoqda.
Tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi va tegishli tashkilotlar tomonidan mazkur hududda transport harakatini vaqtincha uzluksizligini ta’minlash, yo‘l harakati xavfsizligini oldini olish hamda fuqarolar va transport vositalari uchun qulay sharoit yaratish maqsadida aylanma yo‘l qurish ishlari olib borilmoqda.
Shu bilan birga, Obizarang daryosi ustida zamonaviy talablar asosida yangi ko‘prik barpo etish bo‘yicha loyihaviy ishlar amalga oshirilib, mavjud infratuzilmani yaxshilash, xalqaro ahamiyatga ega yo‘nalishda barqaror va xavfsiz harakatni ta’minlash rejalashtirilgan.
Hozirda tegishli mutasaddi tashkilotlar tomonidan ishlar belgilangan texnik talablar asosida bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda.






