Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi
2026-06-15 07:30:00 / Furqarolar qabuli

Aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, fuqarolarning muammo va takliflarini bevosita o‘rganish hamda ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash maqsadida Sariosiyo tumani Xalq qabulxonasi binosida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Tasdiqlangan haftalik grafik asosida tuman hokimi Odiljon Yaqubov tomonidan fuqarolar qabuli tashkil etilib, aholi bilan ochiq va samimiy muloqot olib borildi. Qabul davomida fuqarolar tomonidan imtiyozli kredit olish, ish bilan ta’minlash, elektr ta’minotini yaxshilash hamda boshqa ijtimoiy masalalarga oid murojaatlar bildirildi.
Har bir murojaat tegishli tartibda ko‘rib chiqilib, masalalarning mazmun-mohiyatidan kelib chiqib mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi. Qabul davomida 3 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan masalalar esa nazoratga olinib, mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi.
Qabul davomida fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammo va takliflarini tinglash, qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda amaliy yordam ko‘rsatish davlat organlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani alohida ta’kidlandi.






