Viloyat hokimining Yangi O‘zbekiston massivida berilgan topshiriqlari bo’yicha belgilangan ishlar amalga oshirlmoqda
2026-06-15 07:20:00 / Tadbirlar

Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov tumanning Lutfkor mahallasida joylashgan Yangi O‘zbekiston massivida bo‘lib, viloyat hokimi tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi.
O‘rganish davomida hududni obodonlashtirish, noqonuniy qurilishlarni bartaraf etish, yer maydonlarini xatlovdan o‘tkazish hamda mavjud kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mas’ullarga ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.




