Novokayev Ruslan stol tennisi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati sovrindori
2026-06-07 09:00:00 / Ijtimoiy soha

Toshkent shahrida stol tennisi sport turi bo‘yicha kichik o‘smirlar (U-11, o‘g‘il va qiz bolalar) va o‘smirlar (U-15, o‘g‘il va qiz bolalar) o‘rtasida O‘zbekiston chempionati musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqada Sharg‘un shahar sport maktabi stol tennisi treneri Zulfiya Xurramovaning qo‘l ostida shug‘ullanib kelayotgan Novokayev Ruslan Aleksandrovich ham munosib ishtirok etib,🥉bronza medaliga sazavor bo‘ldi.
💐Ushbu g‘alaba bilan sportchimizni tabriklaymiz va bundan keyingi musobaqalarida ham ulkan zafarlar tilab qolamiz!






