“Yoshlar kuni” munosabati bilan Sariosiyoda keng qamrovli tadbirlar o‘tkazildi
2026-06-05 08:00:00 / Yangiliklar

Surxondaryo viloyati prokurori B.Babadjanov ishtirokida “Yoshlar kuni” munosabati bilan Sariosiyo tumanida qator tadbirlar tashkil etildi.
Ko‘tarinki kayfiyat, ochiq va samimiy muloqot tarzida tashkil etilgan ushbu tadbirlarda 350 nafar (iqtidorli, faol, sportchi va og‘ir toifadagi) yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi
Dastlab, viloyat prokurori hamrohligida "Biz yoshlar jinoyatchilikka qarshimiz" shiori ostida yurish marafoni o‘tkazildi. So‘ngra, yoshlar bilan bevosita muloqot davomida ularning murojaatlari tinglanib, joyida hal etish choralari ko‘rildi, yoshlarga kitoblar jamlanmasi sovg‘a qilindi.
Ishsiz yoshlarni bandligini ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkasi tashkil etilib, 15 nafar ishsiz yoshlar ishga joylashtirildi.
Shuningdek, yoshlar o‘rtasida prokuror kubogi sovrini uchun zakovat intellektual o‘yini, sportning futbol, kurash, kamondan otish turlari bo‘yicha musobaqa tashkil etilib, g‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bu kabi tadbirlar yoshlarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, vatanparvarlik hissi hamda ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.







