“Xonjiza” va “Chinorsoy” konlarini o‘zlashtirishning ikkinchi bosqichi ishlari o‘rganildi
2026-05-26 08:30:00 / Yangiliklar

Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov tumanning Xonjiza mahallasiga tashrifi davomida “Xonjiza” va “Chinorsoy” konlarini o‘zlashtirishning ikkinchi bosqichi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Tashrif davomida kon hududida amalga oshirilayotgan geologik izlanishlar, texnik tayyorgarlik ishlari hamda ishlab chiqarish jarayonlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar o‘rganildi. Shuningdek, loyiha doirasida infratuzilmani rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va hududning iqtisodiy salohiyatini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shu bilan birga, mas’ullarga ishlarni belgilangan reja asosida jadallashtirish, xavfsizlik va texnik talablariga qat’iy rioya qilish hamda loyiha ijrosini sifatli tashkil etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Mazkur loyiha hudud sanoatini rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash hamda tumanning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.









