Sariosiyoda oromgohlar bolalarni qabul qilishga tayyorlanmoqda
2026-05-26 08:15:00 / Tadbirlar

Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov tumandagi 360 o‘ringa mo‘ljallangan “Xonjiza” bolalar yozgi sog‘lomlashtirish oromgohida bo‘lib, u yerda yaratilgan shart-sharoitlar, yotoqxona, oshxona, yuvinish va tibbiy xonalarining sanitariya talablariga mosligi hamda oromgoh faoliyatini namunali tashkil etish maqsadida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.
Tashrif davomida oromgoh hududida olib borilayotgan tozalash va obodonlashtirish ishlari o‘rganilib, shuningdek, bolalarning mazmunli dam olishi, xavfsizligi hamda qulay sharoitlarda hordiq chiqarishini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shunga ko‘ra, tuman hokimi tomonidan mas’ullarga hududni yanada obod va ko‘rkam holga keltirish, yashil hududlarni parvarishlash, oromgohda so‘lim va bahavo muhit yaratish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Eslatib o‘tamiz, Sariosiyo tumanida yozgi ta’til davrida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumining birinchi bosqichi 10-iyun kunidan boshlanadi.









