Xonjiza mahallasida mavjud muammolar va aholi murojaatlari o‘rganildi
2026-05-26 08:00:00 / Sayyor qabul

Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov tumanning Xonjiza mahallasiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida dastlab mahallada mavjud muammolar, aholini qiynab kelayotgan masalalar hamda hudud infratuzilmasi bilan bog‘liq holatlar o‘rganildi.
Xususan, tuman rahbari mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishib, aholi vakillari ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularning yechimi yuzasidan tegishli masalalar muhokama qilindi.
Jumladan, mahalla infratuzilmasini yaxshilash, ichki yo‘llarni ta’mirlash, hududni obodonlashtirish, elektr energiyasi va ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, kommunikatsiya tarmoqlarini tartibga keltirish hamda aholi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mahallada tinch va xavfsiz muhitni ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlar bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy muammolarni manzilli hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
Tadbir yakunida mutasaddilarga aholi murojaatlariga tizimli yondashish, mavjud kamchiliklarni bosqichma-bosqich bartaraf etish va mahallada olib borilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish yuzasidan topshiriqlar berildi.






