Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokama qilindi
2026-05-23 15:20:00 / Tadbirlar

Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov rahbarligida tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D.Toshmatova, mahallalardagi xotin-qizlar faollari hamda tegishli mas’ullar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda “Ayollar daftari”ga kiritilgan 1-toifadagi xotin-qizlar bilan ishlash masalalari, ajrim yoqasiga kelib qolgan notinch oilalar bilan olib borilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, mahallalardagi xotin-qizlar faollari faoliyati, platformaga kiritilayotgan ma’lumotlarning haqqoniyligi, xotin-qizlar bandligini ta’minlash va tadbirkorligini rivojlantirish, mahallalarda xavfsiz muhit yaratish, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan ayollar bilan manzilli ishlash, xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Yig‘ilish davomida mavjud muammo va kamchiliklar yuzasidan mas’ullarning hisobotlari tinglanib, bu boradagi ishlarni yanada kuchaytirish, har bir murojaat va muammoni individual yondashuv asosida hal etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash hamda mahallalarda tinch va osoyishta muhitni ta’minlash borasidagi ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.








