“Payshanba — Yoshlar kuni” doirasida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-05-21 14:00:00 / Yangiliklar

Sariosiyo tumanida “Payshanba — Yoshlar kuni” doirasida tuman hokimi Odiljon Yaqubov, tuman prokurori B.Oltibayev hamda Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i G‘.Xo‘jamqulovning yoshlar bilan navbatdagi ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Tashkil etilgan uchrashuvda yoshlarning murojaatlari, taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Muloqot davomida yoshlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, kasb-hunar egallash hamda xorijiy tillarni o‘rganishlari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish yuzasidan mutasaddilarga aniq vazifalar belgilab berildi.
Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning iqtidor va salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ham muhim masalalar ko‘rib chiqildi.
Bunday ochiq muloqotlar yoshlarning muammo va takliflarini o‘rganish, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish hamda ertangi kun egalari bo‘lgan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.






