Qishloq va suv xo‘jaligi sohasida muhim vazifalar belgilandi
2026-05-19 08:10:00 / Qishloq va suv xo'jaligi

Sariosiyo tumani hokimligining katta majlislar zalida tuman hokimi Odiljon Yaqubov rahbarligida tuman prokurori B.Oltibayev, tuman IIB boshlig‘i G‘.Xo‘jamqulov, Soliq inspeksiyasi rahbari Sh.Qosimov, qishloq va suv xo‘jaligi sohasi mas’ullari hamda paxta-g‘alla yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida chigit ekilgan maydonlarda olib borilayotgan agrotexnik tadbirlar, sug‘orish jarayonlari, qotqoloq yer maydonlariga ishlov berish (kultivatsiya), OVXlar faoliyati, pillachilik yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan pilla terimi jarayonlari muhokama qilindi.
Shu bilan birga, tumandagi samarasiz bog‘lar o‘rnida intensiv sanoatlashgan bog‘lar barpo etish, chorvachilik fermer xo‘jaliklariga ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish bo‘yicha tuzilgan ishchi guruhlar oldiga muhim vazifalar belgilab berildi hamda mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Yig‘ilish yakunida tuman hokimi tomonidan belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, agrotexnik tadbirlarni o‘z muddatida, tizimli va samarali tashkil etish muhim ekani alohida ta’kidlandi.









