Korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish yuzasidan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi
2026-05-15 16:30:00 / Korrupsiyaga qarshi kurashish

Korrupsiya — bu har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadigan, davlatning konstitutsiyaviy asoslari va qonun ustuvorligini zaiflashtiradigan, pirovardida inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladigan salbiy illatdir.
Sariosiyo tumani hokimligi katta majlislar zalida tuman hokimi Odiljon Yaqubov, tuman prokurori B.Oltibayev, Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i G‘.Xo‘jamqulov rahbarligida tumandagi tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda mas’ullar va fuqarolar ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish” yuzasidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish, xodimlar o‘rtasida halollik, shaffoflik va qonunchilikka qat’iy rioya qilish madaniyatini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, korrupsiyaviy xavflarni aniqlash, uni yuzaga keltiruvchi omillarni bartaraf etish, maishiy korrupsiya holatlariga qat’iy chek qo‘yish, halol mehnat qilish hamda xizmat majburiyatlarini to‘liq bajarish kabi masalalar keng muhokama qilindi.
Tadbirda so‘z olganlar korrupsiyaviy holatlarni aniqlash va tizimli tahlil qilish, ularni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan ma’lumot berdi.
Korrupsiyaga duch kelsangiz, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Call-markazi” — 1253 raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin.









