Agrar sohadagi vazifalar ijrosi o‘rganildi
2026-05-14 08:00:00 / Qishloq va suv xo'jaligi

Bugun Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov tumanning G.Xidirov hududidagi “Uz-Agro-Lider” MChJ paxta maydonida bo‘lib, amalga oshirilayotgan dala (chopiq) ishlari hamda boshqa agrotexnik tadbirlarning bajarilishi holatini ko‘zdan kechirdi.
Shunga ko‘ra tuman rahbari tomonidan qator oralariga ishlov berish, chopiq ishlarini sifatli tashkil etish, shuningdek, zararkunandalar va kasalliklarga qarshi kurashish maqsadida suspenziyali ishlov berish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Bundan tashqari, tuman hokimi tomonidan Bobur hududidagi “Imkon” fermer xo‘jaligining urug‘lik g‘alla maydonida amalga oshirilayotgan begona o‘tlardan tozalash ishlari ko‘zdan kechirildi. Mas’ullarga sohaga oid amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalar belgilab berildi.
Mas’ullarga agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar belgilab berildi.









