Sariosiyo dehqon (oziq-ovqat) bozorida narx-navo barqarorligi o‘rganildi
2026-05-12 08:30:00 / Tadbirlar

Sariosiyo tuman hokimi Odiljon Yaqubov, tuman prokurori B.Oltibayev, IJQKD tuman bo‘limi boshlig‘i L.Saparov hamda tegishli mas’ullar bilan birgalikda “Sariosiyo dehqon (oziq-ovqat) bozori” MChJga tashrif buyurib, savdo rastalari holati hamda aholiga sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish jarayonlari o‘rganildi.
Tashrif davomida chorvachilik va parrandachilik mahsulotlari, asosiy turdagi oziq-ovqat hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari zaxirasi ko‘zdan kechirilib, bozordagi narx-navo barqarorligi holati atroflicha o‘rganildi.
Shuningdek, bozorda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga yaratilgan sharoitlar ham tahlil qilinib, savdo jarayonlarini yanada takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Tuman mutasaddilari tomonidan mas’ullarga bozorda savdo-sotiq bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlar uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish, narx-navoning sun’iy oshishiga yo‘l qo‘ymaslik, oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasini shakllantirish hamda aholiga arzon va sifatli mahsulotlar yetkazib berishni ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.









