"Jasorat maktabi"da olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
2026-04-29 16:00:00 / Yangiliklar

Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov tuman Sharq yulduzi mahallasida joylashgan 10-sonli umumta’lim maktabi negizida tashkil etilgan “Jasorat maktabi”da belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi asosida amalga oshirilgan ishlar holatini o‘rgandi.
O‘rganishlar davomida tuman rahbari mazkur loyiha bo‘yicha avvalgi o‘rganishlarda berilgan topshiriqlar ijrosi yetarli darajada ta’minlanmaganini, obyektda qurilish-ta’mirlash ishlari sust olib borilayotganini tanqid qildi.
Shu munosabat bilan qo‘shimcha kuch va vositalarni jalb etgan holda ishlarni jadallashtirish, belgilangan muddatlarga qat’iy rioya qilish hamda qurilish me’yorlari va sifat talablarini to‘liq ta’minlash yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.







