Sariosiyoda yirik investitsiya va bunyodkorlik loyihalari amalga oshirilmoqda
2026-04-28 10:00:00 / Yangiliklar

Prezidentimiz tomonidan hududlarda tadbirkorlik muhitini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va savdo-xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasida Sariosiyo tumanida qator yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.
Bugun, tuman hokimi Odiljon Yaqubov O‘zbekiston–Tojikiston davlat chegarasi hududida 6 gektar maydonda "Tech Reserved" MCHJ tomonidan barpo etilayotgan logistika markazi qurilishi jarayonlarini ko’zdan kechirdi.
Loyiha tashqi savdo infratuzilmasini mustahkamlash, yuk tashish xizmatlarini takomillashtirish va yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qiladi.
Mas’ullarga qurilish ishlarini jadallashtirish, sifat va muddat talablariga qat’iy rioya etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.








