Kunlik asosiy vazifalar belgilab berildi
2026-04-27 15:00:00 / Majlislar

Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov boshchiligida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari, sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda tegishli tashkilot va idoralar mas’ullari ishtirokida kunlik va haftalik yo‘l xaritalariga kiritilgan dolzarb vazifalar ijrosi yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilish davomida belgilangan vazifalar ijrosi, hududlarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan dolzarb ishlar hamda boshqa muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi. Mas’ullar tomonidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborotlar tinglandi.
Ko‘rib chiqilgan har bir masala yuzasidan sohalar kesimida aniq vazifalar belgilab olinib, berilgan topshiriqlarni samarali tashkil etish, ijro intizomini mustahkamlash hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish bo‘yicha mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berildi.





