Sariosiyoda “Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqasining tuman bosqichi o‘tkazildi
2026-04-24 08:25:00 / Tadbirlar

Sariosiyo tumanida yoshlar o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, jismoniy tayyorgarlik va jamoaviylik ruhini oshirish maqsadida “Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqasining tuman bosqichi ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Tantanali ochilish marosimida tuman hokimining o‘rinbosari A.Shukurov, Yoshlar ishlari tuman bo‘limi boshlig‘i M. Raxmatjonov hamda hamkor tashkilotlar mas’ullari ishtirok etib, ishtirokchilarga omad va muvaffaqiyat tiladi.
Musobaqada tumandagi 61 ta mahalladan jami 350 nafar yosh qatnashdi. Har bir jamoa tarkibida 10 nafardan ishtirokchi — 8 nafar yigit va 2 nafar qiz — 6 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashib, chaqqonlik, matonat va jamoaviy hamjihatlik borasida kuch sinashdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, faxrli 1-o‘rinni “Nurbuloq” mahalla jamoasi qo‘lga kiritib, viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
G‘olib jamoaga keyingi bosqichlarda ham yuksak natijalar, bardavom g‘alabalar va omad yor bo‘lishini tilaymiz!









