“Hokimlik soati” bo‘lib o‘tdi
2026-04-23 08:00:00 / Majlislar

Sariosiyo tumanida sohalar kesimida kunlik ko‘rsatkichlar bajarilishini tahlil qilish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Har bir tarmoqda amalga oshirilayotgan ishlar natijalari muntazam ravishda jamlanib, mas’ullar faoliyatining samaradorligi tahlil qilib borilmoqda.
Bugun tuman hokimi Odiljon Yaqubov rahbarligida navbatdagi “Hokimlik soati” yig‘ilishi o‘tkazildi.
Unda kunlik reyting ko‘rsatkichlari, soliq tushumlari, mikroGESlar tashkil etish bo‘yicha belgilangan topshiriqlar ijrosi, mahallalarda va ijtimoiy soha obyektlarida obodonlashtirish masalalari hamda boshqa dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida kun tartibidagi masalalar yuzasidan sohalar kesimida mas’ullarning axborotlari tinglandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.









