Mahalla yettiligi uchun kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab berildi
2026-04-08 08:00:00 / Yangiliklar

Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yoqubov boshchiligida mahalla raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari hamda mahallalardagi ijtimoiy xodimlar ishtirokida ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.
Mazkur yig‘ilishda har bir mahallada jismoniy tarbiya va sport sohasiga alohida e’tibor qaratish, M-41 avtomagistrali bo‘yidagi hududlarda obodonlashtirish ishlarini samarali tashkil etish, 2025-yilgi “Tashabbusli budjet” jarayonining 2-mavsumida g‘olib deb topilgan loyihalar bilan manzilli ishlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, murojaatlar bilan ishlashda “mahalla yettiligi”ning mas’uliyatini yanada oshirish, mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan vazifalarga alohida e’tibor qaratildi.
Yig‘ilishda mahalla mas’ullarining ish samaradorligi va mas’uliyatini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olinib, ushbu yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlar tanqidiy tahlil qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.








