Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
2026-04-07 16:30:00 / Furqarolar qabuli

Sariosiyo tumani hokimligining kichik majlislar zalida fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Odiljon Yaqubov, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i G'.Xo‘jamqulov, tuman prokurori o‘rinbosari F.Mamadaliyev hamda tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etdilar.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan, asosan, yaylov yer maydonlarini ajratish masalasida yo‘llangan murojaatlar ko‘rib chiqildi. Har bir murojaat yuzasidan mas’ullar ishtirokida atroflicha muhokama olib borildi.
Shuningdek, murojaatlarni qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqish, ularni ijobiy hal etish choralarini ko‘rish hamda belgilangan tartibda ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ul tashkilot va idoralarga aniq topshiriqlar berildi.









