Qishloq va suv xo‘jaligi sohasida muhim vazifalar belgilandi
2026-04-06 14:20:00 / Qishloq va suv xo'jaligi

Sariosiyo tumani hokimligining katta majlislar zalida tuman hokimi Odiljon Yaqubov rahbarligida qishloq va suv xo‘jaligi sohasi mas’ullari hamda paxta-g‘alla yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda g‘alla parvarishi, jumladan g‘allazorlarni sug‘orish va suspenziya qilish, chigit ekiladigan maydonlarga kaliy va fosforli mineral o‘g‘itlar berish, begona o‘tlarga qarshi gerbitsidlardan foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, M 41 avtomagistrali bo‘yidagi fermer xo‘jaliklari dala chetlarini obodonlashtirish, chigit ekish ishlarini yakunlash hamda muhim agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan mas’ullar va hudud rahbarlarining hisobotlari tinglandi.
Yig‘ilish yakunida tuman rahbari tomonidan belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi hamda agrotexnik tadbirlarni tizimli tashkil etish zarurligi ta’kidlandi.







