Sariosiyoda chigit ekish va agrotexnik tadbirlar muhokama qilindi
2026-04-04 09:00:00 / Qishloq va suv xo'jaligi

Sariosiyo tuman hokimi Odiljon Yaqubov tomonidan tumanning Xufar hududida joylashgan “Mirzo Bobur Botirbek” fermer xo‘jaligi dalasida chigit ekish ishlari ko‘zdan kechirildi hamda fermerlar ishtirokida kunlik shtab yig‘ilishi o‘tkazildi.
Uchrashuvda ekin maydonlarida “Shinjon” usulida chigit ekish, tomchilatib sug‘orish tizimlarini kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shu bilan birga, g‘alla parvarishini sifatli tashkil etish, hosildorlikni oshirishga qaratilgan agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Yig‘ilish yakunida chigit ekish tadbirlarini sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar va aniq topshiriqlar berildi.






