Mahalla yettiligi bilan chat orqali jonli muloqot bo‘lib o‘tdi
2026-03-27 14:30:00 / Jonli muloqot

Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov rahbarligida mahalla yettiligi a’zolari ishtirokida navbatdagi chat orqali jonli muloqot o‘tkazildi.
Jonli muloqot davomida soliq tushumlari va belgilangan rejalar ijrosi, yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, mahallalarda obodonlashtirish hamda aholi turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar, shuningdek, platforma bilan ishlash va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.
Muloqot yakunida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, ishlarni yanada jadallashtirish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.



