Muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yoshlar bandligini ta'minlash yuzasidan uchrashuv tashkil etildi
2026-03-28 10:50:00 / Tadbirlar

Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov, tuman Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i J.Safarov hamda tuman FVB boshlig‘i A.Bozorov boshchiligida muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yoshlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda, harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yigitlarning muammo, taklif va tashabbuslari atroflicha o‘rganildi. Xususan, ularning ish bilan ta’minlanishi, kasb-hunar egallashi hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini boshlashi va o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishi yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
Qayd etilganidek, mazkur tadbir yoshlar bandligini ta’minlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda jamiyatda munosib o‘rin egallashiga ko‘maklashish borasidagi ishlarning izchil davom etayotganining yana bir amaliy ifodasi bo‘ldi.





