“Yangi O‘zbekiston” massivida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi hamda qurilish ishlari muhokama qilindi
2026-03-23 12:20:00 / Tadbirlar

Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov tomonidan tegishli mas’ullar va quruvchi tashkilotlar vakillari ishtirokida “Yangi O‘zbekiston” massivida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari, shuningdek, ilgari belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda qurilish sohasidagi davlat dasturlari hamda boshqa loyihalar doirasida olib borilayotgan ishlar, sohada belgilangan vazifalarning bajarilish holati atroflicha muhokama qilindi. Tarmoq va loyiha rahbarlarining axborotlari tinglandi.
Yig‘ilishda qurilish ishlarini jadallashtirish, ularning sifatini ta’minlash, reja-grafiklar ijrosi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish, har bir obyektda shaharsozlik, ekologik hamda boshqa belgilangan me’yor va talablarga so‘zsiz rioya etish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.




