“Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi
2026-03-12 13:00:00 / Ijtimoiy soha

Prezidentimiz tomonidan o‘tkazilgan ochiq muloqot davomida har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida o‘tkazilishi belgilab berilgan. Ushbu kunlarda hokimliklar hamda idora va tashkilotlar rahbarlari tomonidan yoshlar ishtirokida madaniy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari tashkil etish hamda yoshlar bilan ishlash tizimini kuchaytirish vazifasi qo‘yilgan.
Xususan, Sariosiyo tumani hokimligi, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, Yoshlar ishlari tuman bo‘limi hamkorligida tumandagi uyushmagan yoshlar o‘rtasida Sariosiyo tumani FV boʻlimi yongʻin-qutqaruv qismining yangi binosiga “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.
Ochiq eshiklar kunida, dastlab tadbir ishtirokchilari, Bo‘yrapusht mahallasi hududidagi tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga qarashli 17-sonli yong‘in qutqaruv qismida tashkil etilgan qutqaruvchilar uchun zamonaviy yongʻin-qutqaruv asbob-anjomlari, oʻquv minorasi va bugungi kun talabiga mos keladigan shinam maʼnaviyat va maʼrifat oʻquv xonalari, oshxona, yuvinish xonasi, yotoqxona kabi zamonaviy jihozlangan xizmat xonalari bilan tanishtirilib, qutqaruv qismida tarixi va faoliyatiga oid tushuntirishlar berildi. Tadbir davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob berildi.









