Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi
2026-03-12 12:05:00 / Tadbirlar
Prezidentimiz topshirig‘iga muvofiq, muborak Ramazon oyida aholiga qulaylik yaratish hamda narx-navoni barqaror saqlash maqsadida yurtimizning barcha hududlarida arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari savdo yarmarkalari tashkil etilmoqda.
Jumladan, Sariosiyo tumani Mirzo Ulug‘bek mahallasida joylashgan "Sariosiyo dehqon oziq-ovqat bozori"da arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi yo‘lga qo‘yilgan.
Yarmarkada aholi ehtiyoji yuqori bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari belgilangan narxlarda sotilmoqda. Mahsulotlar yetarli miqdorda zaxira qilinib, ularning sifati va xavfsizligini ta’minlash maqsadida maxsus omborxonalarda saqlanishi ta’minlangan.
Yarmarka faoliyati davomida:
✔️ narx-navoning sun’iy oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
✔️ mahsulotlar sifati va xavfsizligini qat’iy nazorat qilish;
✔️ aholi uchun qulay va tartibli savdo muhitini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
