Qishloq va suv xo‘jaligidagi vazifalar muhokama qilindi
2026-03-12 08:30:00 / Qishloq va suv xo'jaligi

Sariosiyo tumani hokimi O.Yaqubov, tuman prokurori B.Oltibayev, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i G'.Xo‘jamqulov rahbarligida qishloq va suv xo‘jaligi mas’ullari hamda 1-2-3-4 sektor hududlaridagi paxta-g‘alla fermer xo‘jaliklar ishtirokida uchrashuvlar o‘tkazildi.
Uchrashuvlarda, chigit ekishga tayyorgarlik ko‘rish, g‘alla parvarishi (Oziqlash, mahalliy o‘g‘it jamg‘arish), OVXlarni ishlashi bargdan oziqlantirish (suspenziya), 2026-yil hosili uchun kartoshka ekish ishlarining borishi, dala chetlariga mevali ko‘chatlar ekilishi holati, “Suv yetkazib berish xizmati” DM balansidagi kanallar va fermer xo‘jaliklarining ichki ariqlarini betonlash ishlarining borishi, “Shinjon” usulida chigit ekiladigan maydonlarda amalga oshirilayotgan agrotexnik tadbirlar, 2026-yil paxta hosili uchun yer tekislash, samarasiz bog‘ va tokzorlarni rekonstruksiya qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Mas’ullarga agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar belgilab berildi.









