Sariosiyo tumanida xotin-qizlar tadbirkorligi qo‘llab-quvvatlanmoqda
2026-03-06 17:00:00 / Oila va xotin-qizlar masalalari

Sariosiyo tumanida aholi bandligini ta’minlash, xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish hamda hududlar infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda.
Bugun tuman hokimi Odiljon Yaqubov tumanning Afrosiyob mahallasida yashovchi fuqaro O‘roqova Zamira tomonidan tashkil etilgan inkubatsion sex faoliyati hamda ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi.
Shuningdek, Mirzo Ulug‘bek mahallasida fuqaro Rashidova Nodira tomonidan tashkil etilgan qandolatchilik sexi hamda Muhammadjonova Zulfiya Qahhorova tomonidan yo‘lga qo‘yilgan gullar yetishtirish faoliyati ko‘zdan kechirildi.
Tuman hokimi mazkur loyihalarni izchil davom ettirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda mahallalarda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.









