Qishloq va suv xo‘jaligidagi vazifalar muhokama qilindi
2026-03-07 08:30:00 / Qishloq va suv xo'jaligi

Sariosiyo tumani hokimi O.Yaqubov, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i G'.Xo‘jamqulov, tuman prokurori o‘rinbosari F.Mamadaliyev rahbarligida qishloq xo‘jaligi mas’ullari hamda hududlaridagi paxta-g‘alla fermer xo‘jaliklar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Unda, g‘alla maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni jadallashtirish, mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish, qo‘shimcha mahalliy o‘g‘itlar chiqarish, 2026-yil hosili uchun g‘alla ekish mavsumi oldidan yer maydonlarini tayyorlash, urug‘, mineral o‘g‘itlar zaxirasini jamg‘arish, statistik hisobotlarini o‘z vaqtida topshirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb masalalar muhokama qilinib, hudud rahbarlari va mas’ullarning axborotlari tinglandi.
Mas’ullarga agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar belgilab berildi.








