“Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi”
2026-02-23 13:00:00 / E'lon

Prezidentimiz topshiriqlari ijrosi doirasida, muborak Ramazon oyi munosabati bilan Sariosiyo tumani Mirzo Ulug’bek mahallasida joylashgan "Sariosiyo dehqon (oziq-ovqat) bozori hududida arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari savdo yarmarkasi tashkil etilgan.
Yarmarkada aholi ehtiyoji yuqori bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari belgilangan narxlarda sotilmoqda. Mahsulotlar yetarli miqdorda zaxira qilinib, ularning sifati va xavfsizligini ta’minlash maqsadida maxsus omborxonalarda saqlanishi yo‘lga qo‘yilgan.
Fuqarolar o‘z ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan mahsulotlarni mazkur yarmarka orqali bozor narxlariga nisbatan o‘rtacha 10–15 foiz arzon narxlarda xarid qilish imkoniyatiga ega.
Barchangizni ushbu savdo yarmarkasiga taklif etamiz!
Manzil joylashuvi: Lokatsiyasi









