Sariosiyo tuman fermerlari kengashi Rayosati a’zolarining fermerlarga murojaati
2026-02-23 09:00:00 / Murojaat

Ariq va zovurlarni tozalashni tashkil eting, dala madaniyatini yo‘lga qo‘yish orqali dala chetlariga ko‘chat va qo‘shimcha qishloq xo‘jaligi ekinlari ekib qo‘shimcha daromadga ega bo‘ling
Qadrli fermer va dehqonlar !
Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini samarali rivojlantirish, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanishni tashkil etish maqsadida ariq va zovurlarini tozalash dala chetlariga ko‘chat va qo‘shimcha qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish orqali dala madaniyatini yuksaltirish bugungi kunning dolzarb vazifasiga aylandi.
Davlatimiz rahbarining 2026-yil 16-fevraldagi “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” doirasida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturida ariq va zovurlarni betonlashtirish, dala chetlaridan samarali foydalanish vazifalari alohida belgilab berilgan.
Jumladan, Respublika bo‘yicha 1,3 ming kilometr yirik magistral kanallar, sug‘orish tarmoqlari, ariq va zovurlarni betonlashtirish, ochiq drenaj va kollektorlarni yopiq tizimga o‘tkazish bo‘yicha alohida dasturlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Hurmatli fermerlar!
Shu munosabat bilan, sizlarni quyidagi vazifalarni amalga oshirishga chaqiramiz:
Birinchidan, Fermer xo‘jaligingizdagi ichki ariq va zovurlarni qayta ko‘zdan kechirib, ularni tozalash va zarur qismini betonlashtirish hajmini belgilab oling. Dala chetlariga mevali va manzarali ko‘chatlar ekish rejasini ishlab chiqing;
Ikkinchidan, 10 kun muddat ichida ichki ariq va zovurlarni tozalash ishlarini tashkil eting hamda betonlashtirish ishlarini boshlang;
Uchinchidan, dala chetlaridan samarali foydalanib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (oshqovoq, kartoshka, sabzavot va poliz) ekinlarini ekish orqali qo‘shimcha daromad manbaini yarating;
To‘rtinchidan, Har bir fermer 100-150 tupdan mevali va manzarali ko‘chat ekishni tashkil etsin;
Beshinchidan, Ko‘chat va nihollar masalasida “Quva tomorqa yer uchastkalarini rivojlantirish ilmiy-amaliy markazi tomorqa xizmati” MChJ, “Yangiyo‘l tomorqachilikni rivojlantirish milliy markazi”, “Jomboy ko‘chatchilik tomorqa xizmatlari” MChJ kabi tashkilotlar xizmatlaridan foydalaning;
Oltinchidan O‘zbekiston fermerlari kengashi huzuridagi jamg‘arma tomonidan ajratiladigan aylanma mablag‘ va kredit resurslaridan unumli foydalaning.
Yettinchidan, Ekilgan ekin va ko‘chatlarni zararkunanda hasharotlardan himoya qilish maqsadida O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi biolaboratoriyalari xizmatlaridan foydalaning, biopreparatlar va mineral o‘g‘itlar bilan o‘z vaqtida ishlov bering.
Hurmatli fermerlar va dehqonlar!
Sizlarni hurmatli Davlatimiz rahbarining yuksak ishonchini oqlashga, mamlakatimiz ravnaqi va farovonligiga munosib hissa qo‘shish maqsadida, ariq va zovurlarni tozalash, dala madaniyatini yo‘lga qo‘yish orqali dala chetlariga ko‘chat va qo‘shimcha qishloq xo‘jaligi ekinlari ekib qo‘shimcha daromadga ega bo‘lishga chaqiramiz!
Bu ishlar nafaqat xo‘jaligingiz rivojiga, balki mamlakatimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligiga munosib hissa qo‘shadi.
Qadrli fermer va dehqonlar!
Bugungi kun qishloq xo‘jaligida yangi yondashuv, yuksak mas’uliyat va amaliy harakatni talab etmoqda. Yer - boyligimiz, suv - hayot manbai. Ularni asrash va unumli foydalanish har birimizdan faollik va tashabbuskorlikni talab qiladi.
Davlatimiz rahbari tomonidan belgilangan ustuvor vazifalarga muvofiq, ariq va zovurlarni betonlashtirish, suv yo‘qotilishining oldini olish, dala chetlaridan samarali foydalanish orqali qo‘shimcha daromad manbaini yaratish - bugungi kunning muhim vazifasidir.
Unutmang! Obod dala - barakali hosil! Ko‘chat ekish - kelajakka sarmoya !
