“Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi”
2026-02-21 16:30:00 / Tadbirlar

Davlatimiz rahbari topshiriqlari ijrosi doirasida, muborak Ramazon oyi munosabati bilan Sariosiyo tumani hududidagi dehqon (oziq-ovqat) bozorida arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Bugun tuman hokimi Odiljon Yaqubov mazkur bozorda tashkil etilgan arzonlashtirilgan yarmarka faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Xususan, Ramazon oyi munosabati bilan yarmarka ishini yanada jadallashtirish, aholining kundalik ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini barqaror va maqbul narxlarda yetkazib berishni ta’minlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.
Shuningdek, bozorda oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining asossiz oshib ketishining oldini olish, savdo jarayonlarini tartibli tashkil etish hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha mas’ullarga qat’iy topshiriqlar berildi.
Hurmatli fuqarolar!
Mazkur yarmarkada arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishingiz mumkin.









